Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Toshkent shahrida vaqtincha propiskaga turish tartibi ma`lum qilindi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 09.03.2016, 15:54

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 fevraldagi № 54 Qaroriga muvofiq O`zbekiston fuqarolarining Toshkent shahri va viloyatida hisobga turishlari to`g`risidagi qonunga o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Norma.uz” nashri xabar bermoqda

Ilgari nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobda turish uchun fuqaro poytaxtga kelganidan keyin 5 kun muddat ichida yashash joyidagi tayanch punktiga ijara (agar qarindoshinikida yashasa, bepul yashashi), uydan to`liq yoki qisman foydalanayotgani haqida notarial idorada tuzilgan shartnoma bilan murojaat etishi lozim. Hisobga turish uchun uy egasi hisobga turmoqchi bo`lgan odamning yaqin qarindoshi bo`lsa, shartnoma talab etilmaydi. Bunday holatda ularning qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi lozim. Yil davomida qayta hisobga qo`yish tartibi o`zgartirilib, endi bu masala bilan fuqaro yashashga kelgan tuman XChK va FRB shug`ullanadi. Fuqaro vaqtinchalik ro`yxat tugashidan 15 kun oldin XChK va FRB ga murojaat etishi lozim. Fuqaroning qayta ro`yxatga turish haqidagi arizasi qayd etilgandan keyin 15 kunlik muddat ichida ko`rib chiqilib, tegishli qaror chiqariladi. Agar masala ijobiy yakun topsa, fuqaroga vaqtinchalik qayd varag`i beriladi, mabodo inkor etiladigan bo`lsa, fuqarodan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan chiqib ketish tartibi tushuntiriladi va ichki ishlar bo`limi tomonidan muddat qo`yiladi.

Qayta hisobga qo`yish quyidagi holatlarda rad etiladi:

Doimiy ravishda qonunbuzarliklarga yo`l qo`yilsa;

Fuqaro tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida jamoat tartibi buzilishiga yo`l qo`yilsa;

Qalbaki hujjatlar aniqlansa;

Agar fuqaroni qayta hisobga qo`yish rad etiladigan bo`lsa, XChK va FB inspektori rad etishning aniq asosini ko`rsatib, xulosa chiqaradi va bu xulosani XChK va FB boshlig`i tasdiqlab, imzo chekadi.

Qayta hisobga qo`yish rad etilganidan norozi bo`lgan fuqaro sudga murojaat etish huquqiga ega. XChK va FB endi har oyda qayd varag`iga ega bo`lgan fuqarolar haqida IIBning HOOB bo`limiga axborot berib boradi.

Vaqtinchalik hisobga olish tartibiga tuzatishlar kiritildi. Endi fuqaroga vaqtinchalik qayd varag`ini topshirgan XChK va FB inspektori qayd varag`i olgan fuqaro haqida XChK va FB kompyuter axborotlar bazasiga ma`lumot kiritadi, kelish varaqasini to`ldirib, bir sutka ichida poytaxt IIBning manzil-ma`lumot byurosiga yuboradi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonxona, dam olish uylarining, davolash muassasalarining va shu kabi muassasalarning mas`ul shaxslari ham bir sutka mobaynida muassasaga kelgan fuqarolar haqida IIB manzil-ma`lumot byurosiga ma`lumotlar topshirilishi ko`zda tutildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA