Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

10 mart kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 09.03.2016, 16:25

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechqurun va ertalab biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, uning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor. Kechasi 9-11, kunduzi 18-20 daraja iliq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor. G`arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayshi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.   Kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.   

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor. 2500 metr balandlikdagi hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, uning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA