Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Vladimir Putin qirg`izistonlik mehnat muhojirini jasorati uchun mukofotladi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 09.03.2016, 16:33

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin polisiya serjanti Artem Korlyuk va kurerlik xizmati xodimi, qirg`izistonlik Marat Isaevlarni “Halok bo`layotgan odamni qutqargani uchun” medali bilan taqdirlash haqidagi farmonga imzo chekdi, deb xabar berdi “Vesti” nashri. 

11 fevral kuni ular hayotlarini xavf ostiga qo`yib, Moskva metrosining “Krasnoselskaya” stansiyasida relsga hushidan ketib yiqilgan ayolni qutqarishgan. Ular poezd yaqinlashib qolganiga qaramay, platformaga sakrab, ayolni relslar orasiga yotqizishga ulgurishgan va so`nggi lahzada o`zlari ham relslar oralig`iga yotib olishgan. Baxtli tasodif tufayli hamma tirik qolgan. 20 fevral kuni mukofotni Moskva merining shaxsan o`zi qahramonlarga topshirgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30