“Eng ko`rkam jinoyatchi” ozodlikka chiqdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 10.03.2016, 11:38

O`z tashqi ko`rinishi bilan minglab internet foydalanuvchilarining qalbin zabt etgan jinoyatchi ozodlikka chiqdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Ma`lumotlarga ko`ra, 30 yoshli Jeremi Miks model sifatida faoliyat yuritishni  rejalashtirgan.

Miks noqonuniy qurol saqlash bilan shug`ullangani uchun qamalgan edi. Ammo bu uning yirik modellik agentligi bilan shartnoma tuzishi uchun to`siq bo`la olmadi. 

Miksning surati Stokton shahri polisiyasiniing Facebook`dagi sahifasida e`lon qilingandan so`ng u mashhur bo`lib ketdi. Uning surati qisqa vaqt ichida minglab “layk” yig`ishga muvaffaq bo`ldi. 

Miksning surati 100 mingdan ortiq foydalanuvchiga yoqqan, uni 12,8 ming marta bo`lishishgan, izohlar soni esa 27 mingdan oshib ketgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии