Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Dunyo siyosati sahnasidagi ayollar

Бўлимлар: Lady
Теглар:

Ayol - nafis xilqat,  shu bois ko`pchilik ayollarning  o`rni siyosat sahnasida emas, balki oila davrasida deb biladi. Ammo, bugun dunyo siyosati sahnasida o`z o`rni, mavqei va obro`-e`tiboriga ega bo`lgan ayollar anchagina. Keling, keyingi paytlarda ulardan ayrimlari  atrofida kechayotgan shov-shuvlarga e`tibor qarataylik.

Merkelning erki o`zidami?

Germaniya kansleri Angela Merkel nafaqat jahon  hamjamiyati, balki OAVning diqqat markazida bo`lib kelgan ayollardan biri. Ayni paytda uning qochoqlar masalasida yuritayotgan siyosati mamlakatning ichkarisiyu tashqarisida turlicha baholanayapti. 

Tabiiyki, Yaqin Sharq mintaqasi, xususan Suriyadagi beqarorlik sabab tinch va farovon makon istab yo`lga chiqqan muhojirlarni Evropa quchoq ochib kutib olayotgani yo`q. Ana shunday vaziyatda Angela Merkelning birinchilar qatorida qochoqlar masalasiga insonparvarlik nuqtai nazaridan yondashuvi uning xalqaro miqyosdagi nufuzining ortishiga xizmat qildi. Ayni paytda, mamlakat ichida keskin norziliklarga ham sabab bo`ldi. Jumladan, Bavariya federal eri bosh vaziri Xorst Zeexofer agar Merkel Germaniyaga qochoqlar va muhojirlar oqimni to`xtatmasa, uni federal konstitusion sudga berishini aytgan.

O`tgan oyda Bryusselda o`tkazilgan sammitda Evropa Ittifoqi rasmiylarining asosiy e`tiboridagi masala ham aynan qochoqlar muammosi bo`ldi. Mazkur sammit asnosida Merkel qochoqlarga oid siyosat masalasida boshqa hamkasblari bilan hisoblashishi lozimligini anglab etgan ko`rinadi. U qochoqlar masalasida Evropa Ittifoqi vakillari qo`ygan talablarga jiddiy qarshilik ko`rsatmadi. 

Eslatib o`tamiz, Angela Merkel mamlakat tarixidagi birinchi ayol kansler bo`lib, 2005 yildan beri hukumatni boshqarib kelmoqda. 

Hamma narsa qirolicha uchun

Buyuk Britaniya qirolichasi butun mamlakat aholining faxru iftixori sanaladi. Mamlakat pul birligidan tortib, eng yirik shaharlardagi yirik pannolargacha uning nuroniy siymosini uchratish mumkin. Yaqinda London metrosining yangi yo`nalishi “Zoti oliyalari”ning nomi bilan ataladigan bo`ldi. 

Qirolicha Elizaveta Ikkinchi o`tgan haftada Elizabet-layn deb nomlangan ushbu yangi metro yo`nalishidagi qurilishi jarayonini ko`zdan kechirish uchun tashrif buyurdi.  Tadbirda ishtirok etish uchun 89 yoshli qirolicha 28 metr chuqurlikka maxsus liftda tushib, bu erda mehnati singgan ishchilarga o`z minnatdorchiligini bildirdi. 

London meri Boris Jonsonning fikricha yangi metro yo`nalishi poytaxtning markazi va Ebbi-vud, Shenfild dahalari joylashgan sharqiy hududi hamda Xitorou aeroportini  bog`lab turadi. 

London metrosining yangi yo`nalishida to`qqiz vagondan iborat 200 metrli metro poezdlari qatnovga qo`yiladi. Mazkur yo`nalish 2019 yilda to`la ishga tushirilishi ko`zda tutilgan.

Bugungi kunda eng uzoq vaqtdan beri taxtda o`tirib kelayotgan monarx maqomiga ega bo`lgan qirolicha Elizaveta ikkinchi 1952 yil 2 fevralda  26 yoshida Britaniya tojini kiygan edi. 

Muhojir otaning qizi – prezident!  

Braziliya miqyosida o`tkazilgan so`rovlar natijasiga ko`ra, so`nggi paytlarda amaldagi davlat rahbari Dilma Russeff yuritayotgan siyosatni qo`llab-quvvatlovchilar soni sezilarli darajada oshgan. 

Bugungi kunda mamlakat aholisining 21,8 foizi Russeffning davlat rahbari sifatida olib borayotgan siyosatini ijobiy baholaydi. Uning tarafdorlari soni o`tgnan yilning oktyabr oyidan beri 5,9 foizga oshgan. 

Milliy transport konfederasiya o`tkazgan bu so`rovnomada oktyabr oyida Russeff xonimni atigi 15,9 foiz ishtirokchilar qo`llab-quvvatlashini bildirgan edi. Shu tariqa dilma ruseyni prezidentlik mansabiga nomunosib deb hisoblovchi fuqarolar miqdori sokratilos s 80,7% foizdan  73,9% foizgacha qisqargan.

Ma`lumki, joriy yilning 5-21 avgust kunlari nufuzli  sport bayrami – XXX1 Yozgi olimpiada o`yinlari aynan ushbu davlatda o`tishi ko`zda tutilgan. Kutilmaganda Janubiy Amerika mintaqasida keng tarqalgan Zika virusi mazkur olimpiada taqdirini hiyla shubha ostiga qo`ydi. Biroq, Dilma Russeff mazkur virus Olimpiya o`yinlariga hech qanday ta`sir qilmasligi, yozga qadar mazkur xavfli illat to`la-to`kis bartaraf etilishga ishonch bildirdi.

Ma`lumot uchun: Dilma Russeff 1947 yilda bolgariyalik muhojir Pyotr Russev oilasida tug`ilgan bo`lib, 2010 yilda o`tkazilgan prezident saylovida 56 foiz ovoz to`plab, g`alaba qozongan. 2014 yilgi saylovda 51,6 foiz ovoz to`plab qayta saylangan.

Pak Kin Xe o`z xalqini himoya qiladi

Koreya Respubikasi Prezidenti Pak Kin Xe Osiyo qit`asidagi tadbirkor va oqila siyosatchilardan biri sifatida tan olinadi. U mamlakatning sobiq rahbari Pak Chon Xi (1963-1979)ning qizi bo`lib, 2012 yilda o`tkazilgan saylovda 51 foizdan ko`proq ovoz to`pladi va prezidentlik lavozimini egalladi.

Pak Kin Xe boshqaruvning ilk yillaridan boshlab, mamlakatning ichki va tashqi siyosatida ko`zga ko`rinarli o`zgarishlarni amalga oshirdi. Biroq, Koreya yarim orolidagi siyosiy  vaziyat avvalgicha murakkab bo`lib qolayotir. Ayniqsa, keyingi paytlarda Shimoliy Koreya rahbariyati janubga har qachongidan ko`proq tahdid solmoqda. Joriy yil boshidan beri ushbu mamlakatda o`tkazilgan bir qator yadro va raketa sinovlaridan asl maqsad ham Pak Kin Xe siyosatiga qaratilgani sir emas. 

O`tgan haftada Pak Kin Xe KXDRning har qanday tahdidlariga tayyorligini va o`z fuqarolarni bunday xavf-xatardan himoya qilishga qodirligini bildirdi. Pak Kin Xening ta`kidlashicha, KXDR rahbari Janubiy Koreya hududida bir qator teeraktlar uyushtirishni ham rejalashtirgan. Bu axborot manbai hamda terakt qanday ko`rinishda bo`lishi ochiqlanmagan.

20 fevral kuni Janubiy Koreyaning Pennyondo oroli aholisi mazkur xavf-xatar sababli ko`chirilishi mumkiligi xabar qilingandi.  

Eslatib o`tamiz, Janubiy Koreya rahbari fevral oyining boshlarida KXDR tomonidan muvaffaqiyatli o`tkazilgani ta`kidlangan vodorod bombasi sinovlarini birinchilar qatorida katta  norozilik va tashvish bilan kutib olgandi.

Koreya yarimoroli Ikkinchi jahon urushidan so`ng, 1945 yili ikkiga ajralib ketgan bo`lib, bu ikki mustaqil davlat o`rtasidagi nizolar shu paytgacha qadar davom etib kelmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии