Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Britaniya maxsus xizmati “Islom davlati”ga yollangan xorijliklarning shaxsiy ma`lumotlarini tekshiradi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 10.03.2016, 12:43

Fleshkada saqlangan ushbu maxfiy ma`lumotlarni ekstremistik guruhdan qochib ketgan guruh a`zosi oshkor qilgan, deya xabar berdi TASS nashri.

Britaniya maxsus xizmati “Islom davlati” guruhi tarkibida jang qilayotgan 22 ming nafar xorijlik yollanma askarlar to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ldi. Fleshkada saqlangan maxfiy ma`lumotlarni ekstremistik guruhning sobiq a`zosi o`g`irlab, oshkor etgan. Bunday maxfiy ma`lumotlarga egalik qilish, Iroq va Suriyadagi harbiy vaziyatni o`rganishda juda qo`l keladi. 

Nashrning xabar berishcha, Britaniya maxsus xizmati MI-6 tashqi razvedkasi va MI-5 kontrrazvedkasi ekspertlari fleshkadagi ma`lumotlar asosida Suriya va Iroq hududida, “Islom davlati” guruhi tarkibida jang qilayotgan 22 ming nafar yollanma askarning ism-familiyasi, manzili, qarindoshlari ro`yxatini o`rganib, tahlil qilishga kirishgan. 

Hujjatlarni o`rganish jarayonida, ekstremistik guruh tarkibida dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari fuqarolari Yaqin Sharqda xalifat o`rnatish uchun jang qilayotgani ma`lum bo`ldi. Ularning 70 % arab mamlakatlari fuqarolari bo`lsa, qolganlari Evropa mamlakatlari bo`lmish, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya fuqarolari ekanligi aniq bo`ldi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

08.04.2017, 11:32
27.03.2017, 16:51