Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

“Barselona” qiymati 600 mln evroga teng bo`lgan stadion loyihasini taqdim etdi

Бўлимлар: Futbol
Теглар:

“Barselona” jamoasi rahbariyati klubning uy o`yinlari o`tkaziladigan “Kamp Nou” stadionini rekonstruksiya qilish loyihasining dastlabki suratlarini namoyish qildi. 

Rejaga ko`ra, yangilangan stadion o`z bag`riga 105 ming muxlisni sig`diradi. “Kamp Nou”ning hozirgi sig`imi 99 mingni tashkil etadi. 

Rekonstruksiya jarayoni joriy yilning yozida boshlanib, 2021 yilga qadar yakunlanishi ko`zda tutilgan. “Kamp Nou”ning yangilanishiga 600 million evro sarflanadi.

Ma`lumot uchun, “Kamp Nou”ni rekonstruksiya qilish uchun qurilish kompaniyalari o`rtasida o`tkazilgan tenderda  8 ta kompaniya orasida Nikken Sekkei hamda Pascual i Ausi Arquitectes kompaniyalarining birgalikdagi loyihasi tender g`olibligini qo`lga kiritgan.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии