Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Bir haftada O`zbekistonda 192 ta yong`in qayd etildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:

O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 192 ta yong`inlar qayd etilgan.

Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 14 nafar fuqarolar tan jarohatlari olgan va 1 nafar fuqaro halok bo`lgan. 

Ushbu yong`inlarda 1 mlrd. 227 mln. so`mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 1 mlrd. 241 mln. so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan, bu haqda O`zR IIV Yong`in havfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro S.Avazovning uyida paxta yog`ini dog`lash uchun gaz plitasiga qozonda yog`ni qo`yib, uni nazoratsiz qoldirishi natijasida yong`in sodir bo`lgan. Yong`indan uyning 215 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari hamda qo`shnilarining uyini 586 kv. metr maydonda tom qismlari yonib zararlangan. 

Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro M.Botirovning uyida elektr isitish moslamasidan foydalanilib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong`in sodir bo`lib, uyning 160 kv. metr maydonda tomi, shift qismi hamda qo`shnisining uyini 40 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. 

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida yashovchi fuqaro U.Akbarovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 100 kv.m. maydonda tom qismi hamda qo`shnisining uyini 15 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Ushbu holatlar beparvolik va e`tiborsizlik tufayli sodir bo`lmoqda. Bunday holatlarga yo`l qo`ymaslik uchun yong`in xavfsizligi talablarini yoddan chiqarmaslik maqsadga muvofiq.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Lady