my5
Sevimli

Xorazmda qaynakasini pichoq urib o`ldirgan erkakka sud hukmi o`qildi (video)

Jinoyat 17.06.2021, 15:08
Теглар: Xorazm
Xorazmda qaynakasini pichoq urib o`ldirgan erkakka sud hukmi o`qildi (video)

Xorazm viloyati Tuproqqal`a tumanida qaynakasini pichoqlab o`ldirgan erkak sud qilindi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, hazorasplik 27 yoshli O. o`z uyida spirtli ichimlik ta`srida qaynakasi bilan janjallashgan. Shuningdek, yigit mast holda stol ustida turgan oshxona pichog`i bilan erkakni 5 marta pichoq urib og`ir tan jarohati etkazgan. Jabrlanuvchi ko`krak va elka qismidan olingan jarohati oqibatida vafot etgan.

Mazkur hodisa yuzasidan jinoyat ishlar bo`yicha Tuproqqal`a tuman sudi ayblanuvchiga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgani uchun 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan. 

Шарҳлар

Xorazmning Gurlan tumanidagi maktablarga suv etib kelmayotgani bo`yicha Ombudsmanga shikoyat tushdi

29.09.2021, 09:32

Kuni kecha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakilining (ombudsmanning)Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Xamro Bektemirov ishtirokida viloyatdagi chekka hududlaridan biri hisoblangan Gurlan tumanida sayyor qabul o`tkazildi....
Xorazmda erkak sobiq xotinini pichoqlab o`ldirdi, qaynonasini jarohatladi (video)

12.07.2021, 10:59

Xorazm viloyati Xonqa tumanida 4 iyul kuni erkak janjal sabab sobiq xotinini o`ldirib qo`ydi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, hodisa 3...
Xorazmda 22 yoshli ayol "samosud" qilindi (video)

09.07.2021, 14:39

Xorazm viloyati Urganch shahrida 8 iyul kuni 22 yoshli ayol opa-singil tomonidan «samosud» qilindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmat xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha,...
Xorazmda sumalak tayyorlayotgan yarim-yalang`och ayollar uzr so`rab chiqdi (video)

23.03.2021, 11:12

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida yarim-yalong`och holatda sumalak qilayotgan ayollar videosi tarqaldi.Bugun esa ijtimoiy tarmoqlarda ayollarning uzr so`rab chiqqani aks etgan video ham paydo...