Muqaddas Sa`dullaevaning turmush o`rtog`i bilan "aytishuv"idan munosabatlari buzilgani ma`lum bo`ldi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 28.03.2016, 14:01

Aktrisa Muqaddas Sa`dullaevaning turmushi darz ketgani haqida tasdiqlanmagan bo`lsa-da, turli gap-so`zlar bolalayotgandi.

Instagram ijtimoiy tarmog`ida faol bo`lgan aktrisa turmush o`rtog`i bilan bog`liq savollarga javob berishdan o`zini olib qochayotgandi. Biroq ushbu ijtimoiy tarmoqdagi @mashhur_yulduzlar_oilasi sahifasidagi surat hamda Muqaddas Sa`dullaeva va Sanjar G`anievlarning o`zaro “aytishuv”laridan  ularning munosabatlari buzilgani ma`lum bo`lib qoldi, deb yozadi “Uz24.uz”. 

Aniqrog`i, sahifaga Sanjar G`aniev qizi Sa`diyaxon bilan tushgan surati joylandi. Surat bu yosh oilaga baxt tilaklari bilan hamda “ular birga yashamaydi”, degan izohlar bilan to`lib-toshdi. Izohlarga Sanjar G`anievning o`zi ham qo`shildi va o`z sahifasidan “Qizini ko`rdi degani – oilasiga qaytdi, degani emas. Oila yo`q!”, – deb yozdi.

Aktrisa Muqaddas Sa`dullaeva ham bu gaplarga chidab turolmadi va  turmush o`rtog`ining gapiga javob qaytardi: “Yashamaslikka etarli sabab ham yo`q. Erkak kishi mas`uliyatli bo`lishi kerak. Odam farzandining taqdiriga bir o`zi kurashgani bir tiyin ekan... Bolam uchun shuncha kurashib adashibman. Siz Sa`diyaga noloyiqsiz!” – deb gap-so`zlarga nuqta qo`ydi.

Aktrisa yaqinda gazetalardan biriga bergan intervyusida ota-onasinikidek muhabbat unga nasib etmaganini aytib o`tgandi

Ma`lumot uchun, Muqaddas Sa`dullaeva O`zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa`dullaev hamda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Gulchehra Sa`dullaevalarning kenja qizidir.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27