Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Olimlar semirishning asosiy sababini aniqladi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

Yaponiyaning Tokiusim biotibbiyot  instituti olimlari, Science Advances  jurnalida e`lon qilgan tadqiqot natijalari haqidagi maqolasida halok bo`lgan yog` hujayralari DNKsi semirishga moyillikni keltirib chiqaradi degan xulosaga kelishdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.  

Tadqiqot mualliflari to`qimalarning surunkali shamollashi semirishga olib kelishini sichqonlar yordamida isbotlashdi. Bunga tug`ma immunitetni funksional ta`minlovchi  TLR9 oqsilini sabab qilib ko`rsatishdi.

Semizlik shamollash jarayonining asosiy belgilaridan biri bo`lib, u yana qonda glyukoza miqdorini kamaytiruvchi insulin fermentining bardoshliligini oshiradi. Bunday jarayonlar mexanizmi ko`p hollarda noma`lum qoladi, ammo olimlar yangi tadqiqotlar natijasida yog`li to`qima hujayralaridan ajrab chiqqan DNK — adipositlar shamollash jarayonini kuchaytirishi mumkinligini tasdiqlashdi.  

Uch oy mobaynida parhezda saqlangan sichqonlarning yog` to`qimalarida TLR9 oqsilining faollashgani, shu bilan birga qonda erkin DNKlar ko`paygani aniqlangan. Bundan tashqari olimlar TLR9 oqsilining sintezlashuviga organizmning begona va zaharli agentlarini yutib yuboruvchi makrofag javob berishini ham aniqladilar.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии