Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

AQSh maxsus xizmati San-Bernardinodagi terrorchining iPhone`nini buzib kirdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Terakt
Добавлено: 29.03.2016, 09:55

AQSh Apple kompaniyasidan San-Bernardinoda otishma sodir etgan terrorchi Sayid Farukning telefonini buzib kirishga yordam berish haqidagi arizasini  suddan qaytarib oladi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

Bunday harakat AQSh hukumatining Apple kompaniyasining yordamisiz terrorchining smartfonini buzib kirish yo`lini topgani bilan izohlanmoqda. 

Hukumat vakillari bundan avval korporasiyaning yordamisiz smartfon ma`lumotlariga zarar etkazmay, uni buzib kiruvchi dasturni sinovdan o`tkazayotgani munosabati bilan sud jarayonini keyinroqqa qoldirishni so`ragan edi.

Amerika hukumati vakilining aytishicha, ular topgan usul terrorchining smartfonidagi ma`lumotlarni o`chirib yubormasdan unga kirish imkonini beradi.

Shunday qilib, AQSh adliya vazirligi sudga taqdim etgan hujjatda hukumat Apple`ning yordamiga muhtoj emasligi ifodalangan.

Eslatib o`tamiz, AQSh sudi Apple kompaniyasidan o`tgan yilning 2 dekabr kuni San-Bernardino shahridagi nogironlar markaziga hujum uyushtirgan terrorchi Sayid Farukning smartfonini buzib kirish imkonini beruvchi dastur ishlab chiqishni talab qilgan edi. Qo`poruvchilik harakati oqibatida 14 kishi halok bo`lgan, 21 kishi jarohatlangan. Hujumni uyushtirgan ikki terrorchi ham yo`q qilingan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25