Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Misr samolyotini professor olib qochgani ma`lum bo`ldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 29.03.2016, 15:28

Misrning Egypt Air aviakompaniyasiga qarashli samolyotni qo`lga olgan odam AQSh fuqarosi Atlanta universiteti professori, yana ba`zi ma`lumotlarga ko`ra esa talaba Ibrohim Samaxa  ekanligi aytilmoqda. U vrach-veterinar diplomiga ega bo`lib, Iskandariya viloyatida istiqomat qilgan, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

U ertalab Iskandariyadan Qohira sari parvozni amalga oshirayotgan A320 samolyotining yo`lovchisi sifatida ro`yxatdan o`tib, 38 K sonli o`rindiqda o`tirgan. Misr OAVlari Larnaq aeroportidan olingan ilk kadrlarni namoyish etishdi.

Ibrohim Samaxa ko`rinishidan 50 yoshlarda. U Misr davlatidan siyosiy boshpana so`ragan va tarjimon talab qilgan. Samolyot havoga ko`tarilgandan keyin u ekipaj a`zolariga qo`lga olinganlarini ma`lum qilib, Turkiyaga uchishni talab qilgan. Ammo yonilg`i kamligi tufayli samolyot Misrning Larnaq shahriga qo`nishga majbur bo`lgan.

Huquq-tartibot idorasi xodimlarining ma`lumot berishicha, bortga bomba qo`yilgani haqidagi ma`lumot yolg`on bo`lib chiqqan. Ekipaj a`zolari va besh nafar chet ellik yo`lovchidan boshqa barcha yo`lovchilar ozod etilgan.

Seshanba kuni ertalab Misrning Egypt Air aviakompaniyasiga qarashli samolyotni qo`lga olgan odam Misrda yashovchi sobiq xotiniga maktubini etkazishni talab qilgan. Konvertda arab tilida yozilgan to`rt varaq xat bo`lgan. Ibrohim Samaxa samolyotni aynan Misrga qaytarishiga shu nomani vaj qilib ko`rsatishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA