Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zbekiston termasi Sardor Rashidovning yagona goli evaziga Bahrayn ustidan g`alaba qozondi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Chempionat
Добавлено: 29.03.2016, 20:52

O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga 2-saralash bosqichi 10-turida Bahraynga qarshi bahs olib bordi. “Bunyodkor” stadionida o`tgan ushbu o`yinda 1:0 hisobida terma jamoamiz g`alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol muallifi 50 daqiqada Sardor Rashidov bo`ldi. U ajoyib tarzda himoyachilarni aldab, raqib jarima maydonchasi tashqarisidan gol kiritishga muvaffaq bo`ldi. 

Mazkur muvaffaqiyatdan so`ng Samvel Babayan boshchiligidagni O`zbekiston termasi “H” guruhida ochkolar sonini 21 taga etkazib, birinchi o`rin bilan 3-saralashga chiqdi. Avvalroq, O`zbekiston terma jamoasi ushbu o`yin natijasidan qat`iy nazar, JCh–2018 musobaqasining 3-saralash bosqichiga yo`l olgani haqida xabar bergandik

O`zbekiston – Bahrayn 1:0

Gol: Sardor Rashidov (50)

Ogohlantirishlar: Krimes (45) – Volid Al-Hayam (31), Xusayn Baba (46)

O`zbekiston: Aleksandr Lobanov, Vitaliy Denisov (Andreev, 25), Egor Krimes, Anzur Ismoilov, Davron Hoshimov, Azizbek Haydarov, Odil Ahmedov, Server Jeparov (Sohibov, 69), Sardor Rashidov, Eldor Shomurodov (Hasanov, 60), Igor Sergeev.

Bahrayn: Abbos Ahmad, Sayid Muhammad Adnan, Abdulla Umar, Volid Al-Hayam, Husayin Ali-Baba, Sayid Dhiya Shubbar, Hesham Nayem, Abdulvahob Ali Al-Safi, Abdulvahob Al-Malud, Ismoil Abdullatif, Komil Al-Asvad.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA