Lionel Messi Argentina termasi safida yubiley golini kiritdi

Бўлимлар: Futbol
Теглар:
Добавлено: 30.03.2016, 09:23

"Barselona" klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi terma jamoa safidagi 50-golini kiritdi.

Janubiy Amerika qit`asidan JCh—2018 turniriga saralash bahslari 6-turida Argentina terma jamoasi Boliviyaga qarshi bahs olib bordi. O`yinning 30 daqiqasida Messi penaltidan unumli foydalanib, jamoasining ushbu o`yindagi ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Uchrashuv argentinaliklarning 2:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, Lionel Messi faoliyati davomida Argentina termasi uchun 50-golini kiritdi.

Ma`lumot o`rnida, Messi 2005 yildan buyon "albiseleste" sharafini himoya qilib keladi. U mamlakat terma jamoasi safida 106 ta o`yin o`tkazgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии