OAV:Turkiya chegarachilari suriyalik qochoqlarni otib tashlamoqda

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 31.03.2016, 11:05

Turkiya chegarachilari Suriyadagi fuqarolar urushidan jon saqlash niyatida bo`lgan qochoqlarni otib tashlamoqda. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda

Qochoqlar chegara orqali Turkiyaga kirib olishga urinmoqda. Turkiya chegarachilari esa ularni shafqatsizlarcha otib tashlamoqda. Mazkur ma`lumotlarni Suriyada inson huquqlari bo`yicha kuzatuv markazi taqdim etgan. 

Markazning ma`lumotlariga ko`ra, so`ngi to`rt oy ichida chegarani kesib o`tmoqchi bo`lgan 16 nafar qochoq, jumladan  uch nafar bolalar otib tashlangan.

Muhojirlarga boshpana topishga ko`maklashuvchi shaxsning aytishicha, “qochoqlar haligacha chegarani kesib o`tmoqda, ular endilikda o`zlarini yo o`ldirishlarini yo asirga olishlarini istamoqda”. 

Turkiya hukumati esa “Hayoti xavf ostida bo`lgan suriyaliklar uchun mamlakat chegaralari hamisha ochiqligini” ta`kidlamoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08