Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Sevinch Mo`minova: “Menga Sharof Muqimov haqidagi savollarni bermang”

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 31.03.2016, 15:00

Xonanda Sharof Muqimov o`zining navbatdagi klipiga “Senga oshiqman” serialida bosh rol ya`ni Ishanini ijro etgan aktrisani taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.

“Hordiq” gazetasi Sharof Muqimovning mazkur qaroriga nisbatan uning rafiqasi Sevinchning munosabatini bilish uchun bog`landi. 

“Sharof shu paytgacha mening aytganim bilan ish qilmagan. Ijod borasida men bilan maslahatlashmaydi va o`z bilganidan qolmaydi. Har xil qizlarni klipga olganida o`sha qizlarning madaniyatsizligidan g`ashim kelardi. ‘Yoshingizga mos klip oling’ deb ko`p aytganman. Hind aktrisasi Ishanini klipiga taklif qilganini eshitdim, lekin bu meni zarracha ham qiziqtirmadi. Umuman olganda, menga Sharof Muqimov bilan bog`liq savollarni bermasligingizni so`rardim. Men faqat o`z ijodim haqidagi savollarga javob beraman”,—dedi Sevinch Mo`minova.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes