“Super Mario”ni Xitoy Superligasiga taklif qilishdi

Бўлимлар: Futbol
Теглар:
Добавлено: 01.04.2016, 10:08

"Liverpul" jamoasi hujumchisi, ayni damda "Milan" klubida ijara asosida to`p surayotgan Mario Balotelli o`z faoliyatini Xitoy Superligasida davom ettirishi mumkin, deya xabar qilmoqda Milanista nashri.

Manbaning xabar berishicha, italiyalik futbolchiga "Jiangsu Suning" klubi katta qiziqish bildirmoqda. Xitoy klubi “Super Mario” uchun 15 mln evro to`lashga tayyor. Xabarlarga ko`ra, futbolchining agenti mijoziga bo`layotgan takliflarni o`rganish uchun "Jiangsu Suning" klubi rasmiylari bilan uchrashdi. 

25 yoshli futbolchining "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar mo`ljallangan. Ta`kidlash kerakki, "Jiangsu Suning" jamoasida Aleks Teysheyra va Ramires kabi futbol yulduzlari ham to`p surmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии