Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Ravon avtomat transmissiyali R2 xetchbeklarining ilk partiyasini sotib bo`ldi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 04.04.2016, 11:54

Ravon kompaniyasining R2 avtomobili savdosi boshlanishi 10 aprel kuniga belgilangan. 

Dillerlik tarmog`iga kelib tushadigan ilk avtomobillar to`liq sotib bo`lindi. Ravon’dagilar dastlabki partiyaga buyurtmalar oldindan to`lov bilan to`liq amalga oshirilganini ma`lum qilishdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga asoslanib, "RG" xabar beradi.

R2 xetchbekida Chevrolet Spark’ni tanib olish qiyin emas. Mazkur avtomobil Rossiya bozorida avtomat transmissiyali eng hamyonbopi sanaladi. 

Ayni damda Ravon’ning 18 ta shaharda rasmiy dillerlari mavjud bo`lib, yaqin orada mazkur ro`yhat kengayadi. R2 modelidan tashqari Ravon kompaniyasi Rossiyaga Matiz va Gentra ham taklif etadi. Tez orada ushbu ro`yhatga Nexia qo`shiladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes