Konsertlarga chipta sotayotgan Otajonov mashhur sulola vakilimi?

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Xonanda, Shou-biznes
Добавлено: 04.04.2016, 14:21

Xonanda Ali Otajonov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida: “Bir bola Otajonovlar nomidan foydalanib, Ozodbek Nazarbekovning konsertiga soxta chipta sotib yurgan ekan, undan ehtiyot bo`linglar”, degan mazmunda xabar qoldirdi. Gap nima haqida ketayotganiga aniqlik kiritish maqsadida “Daryo” nashri xonanda bilan bog`landi.

“Odamlar bir-ikki telefon qilib, ‘Otajonovlarning nomini sotib, soxta bilet sotib yurishibdi’, deb aytishdi. Bir bola: ‘Men Ortiq Otajonovning nevarasiman, Ali Otajonovning ukasiman, ismim Nodir s`yomkaga borishim kerak, ishim chiqib qoldi, arzon biletlarimiz bor’, deya soxta biletlar sotib yurgan ekan”, — dedi Ali Otajonov.

“U nafaqat Ozodbek Nazarbekovning konsertiga, boshqa konsertga ham soxta bilet sotganini eshitganman. Men bu bolani hali topganim yo`q, topgan taqdirimda ham ozgina gapirishim, tushuntirishim mumkin. Maqsadim, u bolani yomonlab, orqasidan gapirish emas, balki oddiy xalq jabrlanmasin, aldovga qolmasin, deyman. Otajonovlarning ichida chiptafurushlar yo`q, hammasining o`ziga yarasha ishi bor”, — deya qo`shimcha qildi xonanda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии