Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Toshkentda “Doirachilar – 2016” festivali o`tkazildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Festival
Добавлено: 05.04.2016, 10:58

Poytaxtimizning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda O`zbekiston doirachilar uyushmasi, O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti hamkorligida “Doirachilar – 2016” festivali o`tkazildi.

Doira ijrochiligi milliy musiqa san`atimizda o`ziga xos o`rin tutadi. Mazkur zarbli cholg`u musiqaning an`anaviy, maqom, estrada, ko`p ovozli orkestr ijrochiligi kabi yo`nalishlarida jo`r bo`ladi.

Sayil tarzida o`tkazilgan festivalda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 250 dan ortiq ijrochi hamda badiiy jamoa o`z dasturini namoyish etdi.  

Qatnashchilarning  ijro mahorati, sahna madaniyati, milliy kuylarni tomoshabinga etkaza olish qobiliyatiga alohida e`tibor qaratildi.  

Festivalning bosh mukofotiga Farg`ona shahridagi 4-bolalar musiqa va san`at maktabi o`qituvchisi Jalolxon Oxunov sazovor bo`ldi. 

Tadbir yakunida san`at ustalari va yosh iste`dodlar ishtirokida konsert  namoyish etildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jamiyat

Mutolaa

24.11.2017, 17:26

SUG'DIYONA