Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Sog`liqni saqlash tizimida korrupsiyaning oldini olish masalasi muhokama etildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Sog`liqni saqlash
Добавлено: 06.04.2016, 14:02

Bosh prokuratura tomonidan Sog`liqni saqlash vazirligida «Korrupsiya — milliy xavfsizlikka tahdid» targ`ibot tadbirlari dasturi doirasida sog`liqni saqlash sohasidagi suiiste`molchiliklar va korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag`ishlangan uchrashuv o`tkazildi.

Uchrashuvda vazirlik rahbariyati, barcha tarkibiy tarmoqlari boshliqlari, hududiy boshqarmalar, shuningdek, Toshkent shahar va Toshkent viloyati sog`liqni saqlash muassasalari rahbarlari ishtirok etdi, deya xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Bosh prokuratura vakili tomonidan sog`liqni saqlash muassasalarida qonuniylik holati, qonunbuzilishlar hamda bunga imkoniyat yaratgan shart-sharoitlarning tahlili natijalari yuzasidan ma`ruza qilindi.

Tadbir qatnashchilariga mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma`lumot taqdim qilinib, qonunchilik talablari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirda Ichki ishlar vazirligi hamda Respublika ma`naviyat targ`ibot markazi vakillari ham uchrashuv mavzusi bo`yicha ma`ruza qildilar.

Sog`liqni saqlash muassasalarida qonuniylikni ta`minlash borasidagi dolzarb muammolarni muhokama qilish natijalariga ko`ra, kelgusida profilaktika tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan hamkorlikdagi kompleks chora-tadbirlar belgilandi.

Bunday tadbirlarni Sog`liqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqarmalarining barcha xodimlari o`rtasida o`tkazish rejalashtirib olindi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25