Gollivud aktrisasi Enn Xeteuey ona bo`ldi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Aktrisa, Ona, Gollivud
Добавлено: 08.04.2016, 10:26

Gollivud aktrisasi Enn Xeteuey o`g`il farzandli bo`ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Bu “Oskar” mukofoti sovrindori va uning turmush o`rtog`i zargar Adam Shulmanning birinchi farzandi. Aslida chaqaloq 24 mart kuni tug`ilgan edi. Ammo ota-onalar xushxabarni boshqalardan ma`lum muddat sir tutishga qaror qilgan. Aktrisa o`g`liga Jonatan Rouzbenks Shulman deya ism qo`ygan.

Enn Xeteuey va Adam Shulman 2012 yil 29 sentyabrda turmush qurgan edi. Nikoh marosimi Kaliforniyaning Big-Syur shahrida bo`lib o`tgan edi. Aktrisaning homiladorligi 2015 yilning noyabr oyida ma`lum bo`lgan edi. 

Enn Xeteuey “Prada tutgan iblis”, “Jeyn Ostin” kabi filmlari bilan mashhur.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии