Turkiya Su-24 uchuvchisi qotilini sud qilmasligi haqidagi qaror Rossiyani hayratlantirdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Sud
Добавлено: 08.04.2016, 14:56

Turkiya hukumati Rossiyaning urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchuvchisi Alparslan Chelikni sud qila olmasligini bildirdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Hukumat vakillari mazkur harakatni jinoyatning Suriya hududida sodir etilgani bilan izohlamoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Aleksey Meshkov bu qarorni g`alati, deya baholadi.

“Biz Chelik to`g`ridan-to`g`ri Su-24 uchuvchisini o`ldirishda ishtirok etgani haqida gapirgani aks etgan videorolikni tomosha qildik. u qilgan ishi uchun qat`iy jazolanishini kutyapmiz”,—deydi Meshkov.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии