Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Afg`oniston poytaxtida portlash yuz berdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Terakt, Fojia
Добавлено: 11.04.2016, 15:23

Afg`oniston poytaxti Qobul shahrida ro`y bergan portlash oqibatida ikki kishi halok bo`lgan, besh kishi og`ir tan jarohati olgan deb xabar berdi, “Lenta.ru” nashri.

Nashrning ma`lumot berishicha, bugun 11 aprel kuni Qobulning sharqiy qismidagi Bagrami tumanida qo`lbola portlovchi modda yordamida portlash ro`y berdi. Polisiyachilarning so`zlariga qaraganda, portlovchi modda maorif vazirligida ishlovchi xodimlarni olib ketayotgan avtobusga o`rnatilgan. Bu teraktni Afg`oniston hududida harakatda bo`lgan birorta terrorchilik guruhi o`z bo`yniga olgani yo`q. 

So`nggi oylarda Afg`onistonda vaziyat keskinlashgan, mamlakat hududida “Islom davlati” terrorchilik guruhining ta`siri kengaygan. “Islom davlati” terrorchilik guruhi saflariga  Afg`onistonda 1994 yilda dunyoga kelgan “Tolibon” islom harakatidan ajrab qolgan odamlar kirgan.

2015 yilning aprel oyida bu ikki guruh bir-biriga qarshi jihod e`lon qilib, “Tolibon”lar “Islom davlati” terrorchilik guruhini qahri qattiqlikda ayblagan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25