Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zbekistonda mobil telefonlar orqali firibgarlikning yangi usuli paydo bo`ldi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 12.04.2016, 12:06

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mobil telefonlarda tarqalayotgan firibgarlik haqida xabar berishdi. Bu haqda Facebook`ning  “Maslahat.uz” guruhiga asoslanib, “Uz24.uz” xabar bermoqda

Guruh ishtirokchisining yozishicha, uning mobil telefoniga notanish raqamdan go`yo Qamchiq dovonida mashinasi buzilib qolib, aloqasiz qolganidan telefoniga 5 ming so`m o`tkazib berish iltimos qilinadigan SMS-xabar kelgan.

SMS-xabar matni quyidagicha:

“Pereval”da yashaydigan odam! Mashinasi hech tuzalmaydi bu shaxsni yoki har kuni mashinasi buziladi. Yangi mashina olsa bo`larmidi. Jonga tegdi bu “mashennikchalar”, deb yozadi xabar egasi.

Guruhning boshqa ishtirokchilari bu kabi SMSlar ularga ham kelganini aytishgan.

“Unga pul nega kerak? SMS yozgani telefoni hisobida pul bor ekanu... Yordam so`rab o`zini tanishiga yozsin edi... Tovlamachiligi shunday ayonku”, deydi boshqa ishtirokchi.

Yana biri esa  “Sadaqa so`rashni yangi usulimi? Undan ko`ra aravakashlik qil!”, deya tovlamachilarga maslahat bergan.

Guruh ishtirokchilari bunday firibgarlar ortib borayotganini ta`kidlab, doimo ogoh bo`lishga chaqirishgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA