Peterburgdagi hamshiralarni o`ldirganlikda gumon qilinayotganlar Finlyandiya chegarasida qo`lga olindi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Rossiya
Добавлено: 12.04.2016, 17:01

Sankt-Peterburgdagi harbiy gospital hamshiralarini o`ldirganlikda gumon qilingan uch nafar harbiy xizmatchi Finlyandiya bilan chegaradosh Svetogorsk shahrida qo`lga olindi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Qotillik sodir etganda gumonlanayotgan shaxslarni chegara xizmati xodimlari tanib qolishgan. 

“Mazkur hudud ikki soat mobaynida tekshirildi. Gumonlanuvchilar taqiqlangan hududda qo`lga olingan”,—deyiladi xabarda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии