Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Amsterdam aeroporti xavfsizlikni ta`minlash maqsadida qisman evakuasiya qilindi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Aeroport
Добавлено: 13.04.2016, 10:32

Amsterdam aeroporti xavfsizlik choralarini ko`rish uchun qisman evakuasiya qilindi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari uch kishini qo`lga olgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Voqea 13 aprel, chorshanbaga o`tar kechasi ro`y berdi. Birinchi gumonlanuvchi mahalliy vaqt bilan 21:30 da avtomashinalar turar joyi va “Sxipxol-Plaza” savdo markazi oralig`ida qo`lga olingan. Guvohlarning aytishicha, erkak qochishga uringan, ammo polisiyachilar quvib etib, qo`lga olishgan. Uning qo`lidagi chemodanni tekshirish uchun robot-sapyor va portlovchi moddalarni tekshiruvchi ekspertlar jalb etilgan. Ammo chemodan ichidan portlovchi modda chiqmagan. 

Shundan keyin dispetcher minorasidan qo`lida shubhali chemodan ko`targan yana ikkita yosh yigit ushlangan. Harbiy polisiya Belgiya raqami taqilgan avtomashinada o`tirgan shubhali to`rt kishini ham ushlab, tintuv qilgan va qo`yib yuborgan.  

Aeroportga kelgan yo`lovchilar nazorat-propusk punktida va bagaj tarqatiladigan zalda ushlanib qolishgan. Bundan tashqari avtobus bekatlari, shu jumladan “Stixpol-Plaza” savdo markazi va uning yonidagi avtomobil turar joylari berkitilgan.

Tekshiruv ishlari tugagandan keyin avtobus va taksilar o`z ishini davom ettirgan. Avtomobil turar joylariga eng oxirida ish boshlash uchun ruxsat berilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25