Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Samvel Babayan JCh–2018 turniri 3-saralash bosqichi qur`a natijasiga o`z munosabatini bildirdi

Бўлимлар: Sport
Теглар: JCh-2018
Добавлено: 13.04.2016, 12:02

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Jahon chempionati 2018 saralashining uchinchi bosqichi uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Uning natijalariga ko`ra O`zbekiston “A” guruhidan o`rin oldi va unga Eron, Janubiy Koreya, Xitoy, Suriya hamda Qatar terma jamoalari qarshilik qiladi.

Marosimda ishtirok etgan O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan O`zbekiston futbol federasiyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida qur`a natijalari va saralashning uchinchi bosqichi borasidagi fikrlari bilan  o`rtoqlashdi.

“Bugun muhim kun edi. Muhimligi, bizning guruhga qanday darajadagi raqiblar tushgani e`tiboridan emas – bu bosqichda osonlik bilan engish mumkin bo`lgan raqibning o`zi bo`lmaydi – aynan raqiblar nomlarini bilib olish va shu kun, mana shu daqiqadan tayyorgarlikni boshlash, guruhimizdagi jamoalarni o`rganish jarayoniga kirishish nuqtai nazaridan kelib chiqib aytyapman. Mana endi biz keyingi bosqich tayyorgarligiga to`laqonli kirishishimiz, raqib jamoalar o`yinlarini tahlil etishni boshlashimiz, o`rtoqlik o`yinlari o`tkazish uchun saralashdagi raqiblarimiz darajasi, o`yin saviyasiga yaqin jamoalar tanlashimiz mumkin. Raqiblarga keladigan bo`lsak, ularning hech biri bu ergacha tasodifan etib kelmadi. Guruhda bir-biriga munosib jamoalar yig`ilgan. Yaqqol favoritlar yoki autsayderlar yo`q. Hozir har bir o`yinga hayotimizdagi eng muhim o`yindek munosabatda bo`lishimiz kerak. Har bir o`yin alohida syujet, alohida tarix. Biz uchun eng asosiysi - ayni vaqtda birinchi o`yinda g`alaba qozonib olish”, - deydi Samvel Babayan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes