Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Xitoy Xalq Respublikasi jamoat xavfsizligi vaziri bilan uchrashdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: O`zbekiston
Добавлено: 14.04.2016, 11:46

O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.Ahmadboev ShHTga a`zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yig`ilishida qatnashish uchun mamlakatimizga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a`zosi, jamoat xavfsizligi vaziri Go Shenkun bilan uchrashdi.

Muloqot chog`ida o`zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan O`zbekiston – Xitoy munosabatlari turli yo`nalishlarda izchil rivojlanib borayotgani ta`kidlandi. Bunda ikki davlat rahbarlari uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo`lib xizmat qilmoqda.

Mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi o`zaro hamkorlikning asosiy yo`nalishi turli tahdid va xavf-xatarlarga birgalikda qarshi kurashish bo`yicha chora-tadbirlarni yanada faollashtirishdan iboratdir. O`zbekiston va Xitoy mintaqada, dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga muhim hissa qo`shayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratmoqda.

Tadbirda terrorizm, ekstremizm va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog`liq jinoyatlarga qarshi kurashishda o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi o`rtasida 2016-2017 yillarda hamkorlikni yanada rivojlantirish to`g`risida Protokol imzolandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25