Messi va Ronaldu Olimpiada o`yinlarida ishtirok etmasligi ma`lum bo`ldi

Бўлимлар: Futbol
Добавлено: 15.04.2016, 12:03

Portugaliya terma jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu hamda Argentina termasi hujumchisi Lionel Messi Braziliyada bo`lib o`tadigan Rio-2016 yozgi Olimpiada o`yinlarida ishtirok etmaydigan bo`ldi. Bu haqda Goal.com nashri xabar bermoqda

Qur`a natijalariga ko`ra, Portugaliya va Argentina "D" guruhidan joy olgan. Ushbu guruhdan, shuningdek, Jazoir va Gonduras joy olgan. Aksariyat futbol muxlislari Argentina va Portugaliya etakchilarini mazkur turnirdagi raqobatini kuzatish istagida bo`lgan. Ammo ular ishtirok etmaydigan bo`ldi.  

Ma`lumot uchun, reglamentga muvofiq terma jamoalar uch nafar 23 yoshdan yuqori bo`lgan futbolchini tarkibga jalb etishlari mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии