Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Mariya Sharapova Fransiya ochiq chempionatida qatnashmaydi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Sport

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Fransiyada o`tkaziladigan ikkinchi tur Katta dublg`a ochiq chempionatida qatnashmaydigan bo`ldi. U musobaqadagi talabgorlar  ro`yxatidan o`chirilgan, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Mariya Sharapova musobaqalardan 1 yanvardan boshlab taqiqlangan mildronat preparatini qabul qilganligi uchun chetlatilgan, u oxirgi xulosani kutmoqda. Xulosa natijasi taxminan may oyining oxirlarida ma`lum bo`ladi. Sharapova o`n yildan beri mildronat preparatini qabul qilib kelganligini, ammo uning doping ekanligini bilmaganligini tan oldi. Avstraliyada o`tkazilgan ochiq chempionat davrida, yanvar oyida sportchining qonidan namuna olingan.

Chorshanba kuni Butunjahon antidoping agentligi meldronat preparati bo`yicha chiqarilgan qonunga o`zgartirishlar kiritdi. Bundan sal ilgari Rossiya tennis federasiyasi prezidenti Shamil Tarpio`ev Sharapova batamom oqlanishini ma`lum qilgan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии