Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Plastik jarrohlikka ruju qo`ygan braziliyalikning burni qo`porilib ketdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

Ken nomli qo`g`irchoqqa o`xshash uchun plastik jarrohlikka 430 ming dollar pul sarflagan braziliyalik Rodrigo Alvesning burni muvaffaqiyatsiz ravishda o`tkazilgan plastik jarrohlikdan so`ng uning yuzida nekroz (terining o`lishi) kuzatilgan va burni joyidan ko`chgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

32 yoshli Rodrigo 2004 yildan beri 42 marotaba plastik jarrohlikni boshidan o`tkazgan. Rodrigo Alves Londonda yashaydi. 2016 yilning fevral oyida burnini plastik jarrohlik qildirganidan keyin, ma`lum muddat o`tgach, burnining atrofida yoriq paydo bo`lgan va shifoxonaga yotqizilgan. Alvesning ahvolini engillashtirish uchun Britaniya tibbiyot xodimlari qanday qarorga kelgani hozircha noma`lum.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии