Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Ozodbek Nazarbekov konsert kunlarini uzaytirdi

Бўлимлар: Shou-biznes

Ayni kunlarda “Istiqlol” san`at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etayotgan O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov konsert kunlarini uzaytirdi.

Afishalarda dastavval 10-20 aprelga qadar davom etishi ma`lum qilingan konsert muxlislarning talablariga binoan yana 2 kunga uzaytirildi. Ya`ni Ozodbek Nazarbekov 21-22 aprel kunlari ham qo`shimcha konsert taqdim etadigan bo`ldi.

Kuni kecha Darakchi.uz tahririyati mazkur konsertga tashrif buyurib, xonandaning konsert dasturidan reportaj tayyorladi. Unda aksariyat muxlislarini qiynayotgan “Jigi-jigi” taronasiga nisbatan bildirilgan tanqidlarga xonandaning javobi hamda konsert dasturidan o`rin olgan boshqa qiziqarli voqealar aks etgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии