my5
Sevimli

Yangi 2 ta kredit turlari joriy etildi

Jamiyat 19.10.2021, 15:31
Yangi 2 ta kredit turlari joriy etildi

Ko`pchilikda qiziqish uyg`otgan ma`lumot bu yangi joriy etilgan “Davo” va “Sayohat” nomli kredit turlari bo`ldi. Bu haqda Milliy matbuot markazida “Turonbank” ATB vakillari tomonidan tashkil etilgan bank xizmatlari xususidagi matbuot anjumani davomida aytib o`tilgan

Unikalligi bilan boshqa moliya muassasalarinikidan ajralib turuvchi ushbu bank mahsulotlari haqida so`z yuritar ekan, Chakana xizmatlar ko`rsatish departamenti direktori o`rinbosari Raximjon Maxmudov quyidagilarni ta`kidladi. 

“Fuqarolarning ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, qolversa, bank kredit bozorining rivojlanish tendensiyalarini inobatga olib biz yangi 2 ta kredit turini ham joriy etdik. Bular yuqorida aytganlarimiz, “Davo” va “Sayohat” nomli kredit turlaridir. Tasavvur qiling, zudlik bilan O`zbekistondagi ma`lum bir klinikalarda davolanishingiz yoki yaqinlaringizning fiziologik holatini sanatoriyalarda yaxshilashingiz kerak bo`lib qolganda, biz 3 yilgacha bo`lgan muddatga, yillik 24 foizda, boshlang`ich to`lovsiz 50 mln. so`mgacha kredit ajratishimiz mumkin. Mablag` shartnoma asosida tibbiyot muassasasining hisob – raqamiga pul o`tkazish yo`li bilan taqdim etiladi. Shuningdek, oilaviy, do`stlar bilan, yoki asaloyini o`tkazish uchun chet elga safar qilishni rejalashtirganlar uchun ham “Sayohat” nomli kreditni ishga tushirdik. Siz o`zingiz ma`qul ko`rgan tur – firma bilan manzillarni tanlaysiz, biz esa 5 milliondan 21 million so`mgacha moliyaviy ko`mak beramiz. Mazkur kredit foizi 26% va 2 yilgacha bo`lgan muddatga 2 oylik imtiyozli davr bilan ajratiladi. Kredit turistik firmaning hisob raqamiga pul o`tkazish yo`li bilan beriladi”. 

Berilgan ma`lumotlarga qaraganda, joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko`ra, “Turonbank” ATB tomonidan aholi ehtiyojlari uchun qariyb 480 mlrd. so`m miqdordagi chakana kreditlar ajratilgan va bu ishlar jadal sur`atlarda davom etmoqda. 

Шарҳлар