Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Xitoylik millioner sevgi tufayli boyligidan voz kechdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Mahsulot, Boylik
Добавлено: 16.04.2016, 13:41

Xitoylik millioner Yao Nanshan bor boyligidan Lyu Liszyan ismli oddiy fermer ayolni ustun qo`ydi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Bu go`zal sevgi qissasi hatto unga ishonmaydiganlarni ham ta`sirlantiradi.

Nanshan 2015 yil oktyabr oyiga qadar Ispaniyada yashar edi. O`shanda 57 yoshli millioner o`zining Evrpadagi aksiyalari va mol-mulkidan voz kechishga qaror qildi. Uning bu qarorga kelishiga sevgi sabab bo`ldi. Uning sevgilisi Liszyan Xitoyning Chjeszyan viloyatidagi qishloqlardan birida yashaydi. Nanshan umrining qolgan qismini sevgan insoni bilan oddiy hayot kechirib o`tkazishga qaror qildi.

Ular 2013 yilad tanishishgan edi. Liszyanning turmush o`rtog`i vafot etgan, uning qizi kam uchraydigan qon kasalligiga chalingan. Millioner uga sevgi izhor qilganida ayol uni o`z muammolariga aralashtirishni istamay, unga “yo`q” deya javob beradi. Nanshan esa sevgisi uchun kurashishga ahd qilib, barcha boyligini farzandlari nomiga o`tkazib beradi. Shundan so`ng u ayol yashadigan qishloqqa ko`chib keladi. Shundan so`ng ular turmush qurdi. Hozirda ular kichik mehmonxona faoliyatini yo`lga qo`ygan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes