my5
Sevimli

Toshkent metropolitenida poezdlar soni oshiriladi, bekatlarda savdo va xizmat ko`rsatish maydonchalari tashkil etiladi

Jamiyat 20.10.2021, 15:08
Toshkent metropolitenida poezdlar soni oshiriladi, bekatlarda savdo va xizmat ko`rsatish maydonchalari tashkil etiladi

Bu haqda AOKAda Toshkent metropoliteni” DUK mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi.

 Qayd etilishicha, yil oxirigacha Toshkent metropoliteni uchun 5ta, 2022 yilda 14 ta to`rt vagonli metro poezdlari xarid qilinadi va poezdlarning soni 80 taga etkaziladi. Natijada metro poezdlarining o`rtacha yoshi 38 yoshdan 26 yoshga qisqaradi.

2021 yil 1 sentyabrdan Chilonzor yo`nalishi 3 minut va O`zbekiston yo`nalishi bo`yicha birinchi marta 4 minutda ishlash tashkil qilinishi evaziga yo`lovchilarni manzilga etkazish vaqti 30 foizga qisqartirildi.  

Zamonaviy reklama vositalari (elektron displey) o`rnatilishi hisobiga reklamalar soni 3-4 barobarga oshiriladi. Er osti va er usti metro bekatlarida savdo va xizmat ko`rsatish maydonchalari tashkil etiladi va tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi. 

Шарҳлар