Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Ozodbek Nazarbekov konsertida kutilmagan hodisa ro`y berdi (Video)

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Ozodbek Nazarbekov
Добавлено: 16.04.2016, 15:47

“Istiqlol” sahnasida shu kunlarda konsertini taqdim etayotgan O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning konsertiga har kuni hamkasblari va yaqinlari tashrif buyurishmoqda.

15 aprel kuni o`tgan konsert dasturida boshqa kunlarda bo`lmaydigan bir ajoyib hodisa yuz berdi.

Tashrif buyurganlar orasida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artisti Jenisbek Piyazov ham bor edi. Hammasi Ozodbek Nazarbekov uni sahnaga jo`rlikda “Lola” taronani kuylashga taklif etganidan so`ng boshlandi. 

Piyazov taronani bir ikki misra kuylagan bo`ldi-yu, sahnadagi egalikni o`z qo`liga oldi. Ozodbek Nazarbekov esa bu vaqtda dirijyorlik qilishga o`tib ketdi. 

Xullas san`atkorlarning qilgan improvizasiyasiga o`zingiz guvohi bo`lishingiz mumkin.

Xonanda matbuot kotibi Dilbahor Hudayberdieva bilan bog`langanimizda, u mazkur sahna barcha uchun, xususan ular uchun ham kutilmagan hodisa bo`lganligini aytib o`tdi.

Avvalroq, Nazarbekovning konsert dasturi kunlari uzaytirilgani hamda mazkur konsert dasturidan eksklyuziv reportaj havola etgandik.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.11.2017, 10:37
21.11.2017, 10:33

Shou-biznes