Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

“Barselona” so`nggi 13 yilda ilk bor La Ligada qatorasiga uch o`yinda mag`lub bo`ldi

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 18.04.2016, 09:07

“Barselona” klubi Ispaniya chempionatining 33-turida ”Kamp Nou” stadionida “Valensiya”ga 1:2 hisobida yutqazib qo`ydi. 

Kataloniyaliklar 2003 yilning fevral oyidan buyon La Ligada ketma-ket uchta o`yinda yutqazdi. Chempionlar ligasini ham inobatga oladigan bo`lsak, “ko`k-anor ranglilar“ so`nggi besh o`yindan to`rttasida mag`lub bo`ldi va yana bittasida durang qayd etdi. 

“Barselona” Ispaniya chempionatida 76 ochko bilan hamon peshqadamlik qilayotgan bo`lsa-da, “Atletiko” ushbu turdan g`alaba qozonib, azaliy raqibiga etib oldi. “Real Madrid” 75 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30

SUG'DIYONA