Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

20 apreldan boshlab Toshkentda yana 2 ta tramvay harakati to`xtatiladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 18.04.2016, 14:00

Toshkent shahrining “Toshkent”(“Shimoliy”) vokzalidan harakatlanuvchi ikkita tramvay yo`nalishi 20 apreldan boshlab yopiladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda

Bular “Toshkent” vokzalidan Chilonzor 26 mavzesiga qatnovchi 9-sonli va “Qo`yliq markazi”gacha qatnovchi 13-sonli tramvaylardir. 

Nashrning bergan ma`lumotlariga ko`ra, qolgan 8-sonli(“Beshqayrag`och” mavzesi— “Oqtepa” maydoni) va 17-sonli(“Beshqayrag`och” mavzesi—“Ippodrom” bozori) tramvaylar aprel oyining oxirigacha ishlaydi. Ular may oyida ham faoliyat yuritishi mumkin. Umuman olganda, mazkur yo`nalishlarning yopilish sanasi hozircha noma`lum.

Avvalroq 13-sonli tramvay o`rniga 13-T avtobusi qatnovi yo`lga qo`yilgani haqida xabar berilgan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes