Pissa tashuvchi qiyofasiga kirgan polisiyachi Italiya mafiyasi sardorini qo`lga oldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Pissa
Добавлено: 18.04.2016, 15:17

Italiyaning Orta-di-Atella shahri polisiyasi mamlakat janubida faoliyat yuritgan, giyohvandlik moddasi sotish va etkazib berish bilan shug`ullanuvchi “Kamorra” nomli jinoiy to`daning rahbarini qo`lga oldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Polisiyachilar 2013 yildan beri qidiruvda bo`lgan mafiya rahbarining manzilini aniqlashgan. Polisiyachi uning uyiga pissa tashuvchi qiyofasida borgan. Ma`lumotlarga ko`ra, 35 yoshli mafiya rahbari Roberto Manganello televizorda futbol matchini tomosha qilib o`tirgan vaqtda, eshik taqillagan va polisiyachilarga eshikni o`zi ochib bergan.

U bilan birga bo`lgan neapollik 30 yoshli ayol ham qo`lga olingan. Polisiyaning xabar berishicha, jinoyatchini qo`lga olish paytida u qarshilik ko`rsatmagan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии