Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

II jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida Prezident farmoni imzolandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Prezident farmoni
Добавлено: 18.04.2016, 17:05

18 aprel kuni Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi.

Unga ko`ra, 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o`tkazilishi, shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G`alabaning 71 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag`batlantirish maqsadida urush qatnashchilari va nogironlariga 800 000 (sakkiz yuz ming) so`m miqdorida bir martalik pul mukofoti topshirilishi belgilandi.

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotlari tantanali va bayramona tarzda topshiriladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30

SUG'DIYONA