Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Devid Bekxem rafiqasini tug`ilgan kuni bilan o`zgacha tarzda tabrikladi

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 20.04.2016, 11:42

Sportchi rafiqasi Viktoriya Bekxem uchun romantik Instagram-tabriknomasini tayyorladi.

Ko`p bolali ona hisoblangan Viktoriya Bekxem o`zining 42 yoshga to`lganini nishonladi. Uni minglab muxlislari, hamkasblari va dunyoning turli nuqtalarida yashovchi do`stlari tavallud ayyomi bilan tabriklagan bo`lsa-da, ammo turmush o`rtog`idan o`ziga xos sovg`a oldi. Sportchi Instagram sahifasida Viktoriyaning romantik tarzda tushgan suratlarini e`lon qilib, tagiga qo`yidagi tabrik matnini qo`shib qo`ygan:

“Bu go`zal va jozibali ayolni tug`ilgan kuni bilan tabriklayman. Bugungi kun xotirangda eng ajoyib kun bo`lib qolishini istayman, axir seni sevuvchi, ardoqlovchi turmush o`rtog`ing va farzandlaring bor. 42 yoshingda shunday buyuk yutuqlarga erishgan bo`lsang-da, hali kelajaging oldinda. Tug`ilgan kuning muborak bo`lsin, biz seni sevamiz!”

Bu tabrik Bekxemlarning ajrashayotgani haqidagi mish-mishlarni yo`qqa chiqardi.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25