Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Meksikalik ofiser “ochiq-sochiq” rasmlari uchun ishdan haydaldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Ish beruvchi, Ish
Добавлено: 20.04.2016, 12:14

Meksikada xizmat vazifasini bajarayotgan paytda patrul mashinasida ochiq elkalarini suratga tushirgan polisiya ofiseri Nidiya Garsiya ishdan haydaldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Nidiya mazkur suratlarni o`zining Facebook`dagi sahifasida e`lon qilgan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, ofiser Eskopedo shahrida xizmat vazifasini ado etayotgan edi.

Polisiya ofiseri Garsiyaning xatti-harakatlari jamoatchilikda norozili kayfiyatini uyg`otdi. Ikki farzandning onasi xayfsan oldi va o`z xizmat vazifasidan tergov-tekshiruv ishlari yakuniga qadar chetlatildi.

Tergov ishlari davomida ayolni kim suratga olgani ham aniqlashtiriladi. Suratni ayolning o`zi olganmi yoki bu ishda unga sherigi ko`maklashgani hozirda tekshirilmoqda. 

Ofiserning o`zi qilmishidan afsusda ekanligini bildirgan. 

“Men afsusdaman,ish vaqtida ofiser kiyimida  bunday suratga tushmasligim kerak edi. Bu qilmishim bilan turmush o`rtog`im, farzandlarim va boshqa oila a`zolarim sha`niga to`g`ri kelmaydigan ish qildim”,—deydi Garsiya.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA