Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Krishtianu Ronaldu “Real”dan ketadimi?!

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Krishtianu Ronaldu

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o`z faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin. France Football nashrining ma`lum qilishicha, Ronaldu Fransiyaning PSJ klubi prezidenti Nosir al-Xelaifi bilan uchrashdi. 

Ma`lumotlraga ko`ra, Ronaldu  “Volfsburg”ga qarshi (3:0) EChL chorak final javob  o`yinidan so`ng shaxsiy samolyotida Parijga yo`l olgan va parijliklar prezidenti bilan uchrashgan. Bu ularning o`zaro beshinchi uchrashuvi bo`ldi. 

PSJ rahbariyati bu masalada izoh berishdan bosh tortdi. Ammo matbuotda parijliklar Ronalduni sotib olishi haqida gap so`zlar boshlangan. Ronaldu PSJda Zlatan Ibragimovichning o`rinni bosishi, shvesiyalik esa o`z navbatida “MYu”ga o`tishi kutilmoqda.   

Avvalroq parijliklar portugaliyalik 31 yoshli futbolchini 100 mln evroga sotib olmoqchi ekani aytib o`tilgandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии