Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

“O`zavtosanoat” vakillari rossiyalik hamkasblari bilan uchrashishdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Avto

2016 yilning birinchi choragida “O`zavtosanoat” AK va “Avtooyna” MChJ vakillari Rossiya Federasiyasining Moskva, Sankt-Peterburg va yana bir qancha shaharlarida bo`lib, avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi, ehtiyot qismlarni import qiluvchi korxonalar faoliyati bilan tanishishdi va rossiyalik hamkasblari bilan uchrashuvlar o`tkazishdi. 

Jumladan yurtdoshlarimiz Sankt-Peterburgdagi avtomobilsozlik korxonalariga tashrifi mobaynida «Nissan Manufakturing Rus»  MChJ,  «Gestamp Severstal Vsevolozhsk»  va «Volkswagen Group Rus» kompaniyalarining ishlab chiqarish korxonalarida ham bo`lishdi. 

Rossiya Federasiyasining Avtomobillar uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarish milliy uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirlar har ikki davlat avtomobilsozlari uchun o`zaro tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini o`rnatish borasida foydali bo`ldi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram