Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

DAISh jinsiy qullikka rozi bo`lmagan 250 nafar ayolni qatl etdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

DAISh(Islom davlati) terrorchilik guruhi jangarilari Mosul shahrida jinsiy qullikka rozi bo`lmagan 250 nafar ayolni qatl etdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, terrorchilar ayollar va qizlarni jangarilar bilan vaqtincha nikohdan o`tib, birga yashashga majburlagan. Jinsiy qullikka rozi bo`lmagan ayollar va qizlar esa boshqa oila a`zolari bilan birgalikda qatl etilgan. Shuningdek, mosullik ayollarga uylaridan yolg`iz chiqish, jamoat joylarida yuzi va sochi ochiq holda ko`rinish va  mustaqil ravishda turmushga chiqish taqiqlangan.

 

   

 

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии