“Islom davlati” terrorchilik guruhi Suriya qiruvchi samolyoti halokatga uchragan joyning videotasvirini ijtimoiy tarmoqqa joyladi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Islom davlati, DAISh
Добавлено: 23.04.2016, 10:24

“Islom davlati” terrorchilik guruhi Suriya harbiy havo kuchlarining Damashq shahrining janubiy-g`arbiy qismiga qulagan MiG-23 rusumli samolyoti uchuvchisini qo`lga olganliklarini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Samolyot yaqinda ta`mirdan chiqqanligi sababli, bu parvoz sinov tariqasida o`tkazilgan. Unga erdan zarba berilmagan, qiruvchi samolyot texnik nosozlik tufayli halokatga uchragan. Uchuvchi o`zini parashyutdan tashlagani tufayli terrorchilarning qo`liga tushgan bo`lishi mumkin. Jangarilar go`yoki samolyot halokatga uchragan joyning videotasvirini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishgan, bu tasvirning hali haqiqiyligi tasdiqlanmagan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии