Kanadalik fuqarolar to`tiqush bilan janjallashgan qo`shnisining ustidan polisiyaga arz qildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 25.04.2016, 11:36

Kanadaning Brayton shahrida yashovchi fuqarolar qo`shnisining to`tiqish bilan janjalidan bezib, polisiya chaqirdi. Bu haqda  “Lenta.ru” xabar bermoqda

Polisiyaga bir vaqtning o`zida bir necha kishi murojaat qilib, qo`shnisi xotini bilan baland ovozda janjallashayotgani va uni o`ldirish bilan tahdid qilayotganini ma`lum qilgan. Aytilgan manzil bo`yicha etib kelgan polisiyachilarning aniqlashicha, erkak kishi uyda yolg`iz o`zi bo`lgan.

“Biz to`tiqushiga baqirayotgan erkakning uyda yolg`iz ekanligiga amin bo`ldik. U to`tiqush uni cho`qigani uchun unga baqirayotganini aytdi”,—deydi polisiyachilardan biri.

Uning aytishicha, kanadalik fuqaro alkogol ichimlik ichgan, biroq to`tiqush uchun xavf tug`dirmagan.

Kanadalik fuqaroga nisbatan hech qanday jazo chorasi qo`llanilmagan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08