Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Sog`lig`i tobora yomonlashib borayotgani aytilgan Anjelina Joli omma oldida ko`rinish berdi(Foto)

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Aktrisa
Добавлено: 25.04.2016, 15:33

O`ta ozib ketgan va salomatligi tobora yomonlashib borayotgani aytilgan Gollivud aktrisasi mish-mishlardan so`ng ilk marta omma oldida ko`rinish berdi. Bu haqda “Segodnya.ua” nashri xabar bermoqda.

Aktrisa Niderlandiyaga tashrif buyurdi. Anjelina shuningdek,BMTning ko`ngilli elchisi ham sanaladi.  U 21 aprel kuni Gaagadagi xalqaro jinoyat sudi majlisida ishtirok etdi va BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashdi. 

Gollivud yulduzi suriyalik qochoqlar masalasini muhokama qildi. 

Tadbirda Anjelina Joli qora ko`ylak va shu rangdagi kostyumda keldi. Sochlarini kamtarona yig`ib olgan Joli ozg`in bo`lsa-da, ancha hotirjam ko`rindi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Jolining ozg`inligi u haqdagi turli mish-mishlarga sabab bo`layotgani haqida xabar berilgan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes